Al-Xorazmiy universitetida an’anaviy Tanishtiruv haftaligi yangi o‘quv yilining boshlanishini o‘ziga xos ruhda nishonlaydigan muhim tadbirlardan biridir. Ushbu haftalik davomida birinchi bosqich talabalari universitet hayoti, fakultet va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda turli to‘garak va klublar bilan yaqindan tanishdilar.